eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Raqamli avlod” tanlovi bo‘lib o‘tdi
    27.02.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusning uchinchisi hamda “Aniq fanlar oyligi” doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va Olmazor tumani Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Raqamli avlod” tanlovi tashkil etildi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanida “Abdulxamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon” nomidagi kutubxona binosida tashkil etilgan “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi”da 2020 yil 26 fevral kuni Olmazor tumanining maktablarida tahsil olayotgan 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida kompyuter savodxonligi bo‘yicha konkurs tashkil etildi.

    Konkursda 31 ta umumta’lim maktablaridan 11-sinf o‘quvchilaridan 31 nafari ishtirok etdi. Konkurs ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi navbatda o‘quvchilar MS Excel, MS Word va Photoshop dasturlarida amaliy topshiriqlarni bajardilar. Ikkinchi bosqichda maktabda olgan kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilimlarini sinash uchun onlayn test topshirdilar.

    Murosasiz kechgan musobaqada o‘quvchilar bor bilim va mahoratlarini namoyon etib amaliy va test topshiriqlarini a’lo darajada bajarib bordilar. Tadbir davomida hakamlar xay’ati a’zolari tomonidan o‘quvchilarning bajargan ishlari baholanib borildi.

    “Raqamli avlod” konkursida amaliy va nazariy bilimlarini yuqori darajada namoyon etgan 3 nafar o‘quvchilar fahrli o‘rinlarni, ya’ni:

    1-o‘rinni 28-son umumta’lim maktabining 11B-sinf o‘quvchisi Abdullayev Muxammadroziyxon Maxmudxon o‘g‘li;

    2-o‘rinni 15-son umumta’lim maktabi 11A-sinf o‘quvchisi O‘tkirov Jahongir Ma’murjon o‘g‘li;

    3-o‘rinni 185-son umumta’lim maktabi     11A-sinf o‘quvchisi Umarov Dilmurod Dilshod o‘g‘li egalladilar.

    Tanlov g‘oliblariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, “O‘zbektelekom” AK “Uzmobayl” filiali va Olmazor tumani Xalq ta’limi bo‘limining medal, diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan 31 nafar o‘quvchilarga “Kompyuter savodxonligi” bo‘yicha bir oylik o‘quv kursiga bepul vaucher taqdim etildi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati