eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlikning idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandi.
    14.01.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va 14- yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tizimda o‘zining halol va fidokorona mehnati bilan o‘rnak ko‘rsatayotgan, kasbiga, yurtiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan, eng muhimi davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo‘shgan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasining bir guruh harbiy xizmatchilarini vazirlikning idoraviy mukofotlari bilan taqdirladi.

    Vazirlikning “Faxriy yorliq”i bilan, Ernazarov Rustamjon Abrorovich, Davlat feldegerlik xizmati xodimi, Razakov Abdugapur Sattarovich Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Harbiy kafedrasi o‘qituvchisi taqdirlandi.

    Vazirlikning “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan, Zaripov Farxod Xashimovich, Davlat feld’egerlik xizmati xodimi, Sagatov Olim Fattaxovich, Davlat feld’egerlik xizmati katta inspektori va Djabbarov Tolib Turgunovich, Davlat feld’egerlik xizmati Namangan shahar bo‘linmasi xodimi taqdirlandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi mukofotlangan xodimlarni, butun xalqimizni ushbu qutlug‘ sana- Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

    Manba: Axborot xizmati