eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • POCHTA SOHASIDA HAMKORLIK
    10.12.2019

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida  vaziri oʻrinbosari B.Olmatov Qozog‘iston Respublikasining “Kazpochta” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi  Saken Sarsenov bilan uchrashdi.

    Muloqot chogʻida tomonlar pochta sohasida  ikki tomonlama hamkorlik ulkan salohiyatga ega ekanini qayd etdilar va oʻzaro manfaatli boʻlgan ustuvor yoʻnalishlarda sheriklikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Baxromjon Olmatov tomonidan delegatsiya a’zolariga mamlakatimizda sohada amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, tizim oldida turgan vazifalar , shuningdek, “O‘zbekiston pochtasi ” aksiyadorlik jamiyatining istiqboldagi rejalari xususida batafsil ma’lumot berdi.

     Xususan, 2019 yilda pochta aloqa xizmatlari ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshganini alohida takidladi.

    Uchrashuvda ko‘p tomonlama hamkorlikning natijalari, Qozog‘istonda “Kazpochta”ning elektron tijoratni rivojlantirishdagi ishtiroki, mahalliy va xalqaro darajada biznes infratuzilmani shakllantirishda pochta xizmatining o‘rni bilan bog‘liq masalalalarda o‘zaro fikr almashildi.

    “O‘zbekiston pochtasi ” va “Kazpochta” aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida kurerlik va “tezkor pochta” xizmatlari, elektron tijorat sohasidagi hamkorlik bilan bog‘liq yo‘nalishlarda mintaqada hamkorlikda tezkor xizmat tizimini joriy etishga doir hamkorlik yuzasidan kelishib olindi.

    Manba: Axborot xizmati