eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
    06.11.2019

    Bugun 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Hukumat soati” o‘tkazildi. Unda axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ma’lumot berib, Qonunchilik polatasi deputatlari savollariga javob berdi.

    Qayd etilganidek, mazkur sohada o‘tgan 9 oy mobaynida jami 
    7,9 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Jumladan, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 546,6 milliard so‘mlik kompyuter dasturlash xizmatlari ko‘rsatilgan. Ularni eksport qilish hajmi 102,5 million dollarni tashkil etgan. Investitsiya dasturiga muvofiq, jami 82,8 million dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, belgilangan reja 153 foizga bajarilgan.

    Telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish yo‘nalishida operator va provayderlar tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s ni, foydalanilayotgan sig‘imi 650,0 Gbit/s tashkil etgan bo‘lib, yil boshiga nisbatan 48,1 foizga o‘sgan.

    Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 1 ming 605 baza stansiyalari o‘rnatildi, shundan 132 tasi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan hududlarga to‘g‘ri keladi. Internet kanallarining ulgurji narxi 1 Mbit uchun 70 ming so‘mni tashkil etadi va joriy yil boshiga nisbatan 28 foizga arzonlashtirildi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, telekommunikatsiya tarmoqlari operator va provayderlari tomonidan 650 dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga ulanish nuqtalari ishga tushirildi. Keng polosali texnologiyalar asosida yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish xizmatlaridan foydalanayotgan abonentlar soni 1,2 milliontaga yetkazildi

    “Hukumat soati”da deputatlar tomonidan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi ko‘zga tashlanayotgan bir qator muammolar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.