Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik stipendiyasiga hujjatlar topshirish boshlandi.
    08.10.2019

    Vazirlikning “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasini tayinlash tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019 yil 1 fevraldagi 76-son buyrug‘iga asosan soha ta’lim muassasalarining talaba va o‘quvchilariga Vazirlikning stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibini belgilangan.

    Vazirlik stipendiyasi o‘qishda, ilmiy izlanishlarda, ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatlarga erishgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va uning filiallari, Toshkent shahridagi Inxa universiteti bakalavr talabalari va TATU va uning filiallari qoshidagi akademik litseylarning o‘quvchilari uchun Vazirlik Tarmoq ilmiy-texnik kengashi qarori asosida Vazirlikning buyrug‘iga muvofiq tayinlanadi.

    Mazkur tartibga muvofiq Vazirlik stipendiyasiga xujjatlar Vazirlikning rasmiy veb-sayti (www.mitc.uz) orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni qabul qilish belgilangan. Shuningdek onlayn ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni 2019 yil 30 oktyabr etib belgilangan.

    Manba: Axborot xizmati