Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Toshkent, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida yangi Data markazlari tashkil etiladi va Xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1,3 barobarga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) hamda “MUFG Bank, Ltd” banki bilan “O‘zbektelekom” AK o‘rtasida respublika telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

27.01.2023

Raqamli texnologiyalar vaziri Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi

Bugun, 26-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Kim Xi Sangni qabul qildi.

26.01.2023

Oʻquv markazingizni kengaytirmoqchimisiz, lekin mablagʻingiz yoʻqmi?

IT-sanoatning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Har qanday sohada malakali kadrlarni tayyorlash uchun, eng avvalo, yuqori sifatli ta’lim bazasini yaratish zaruratdir.

26.01.2023

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Charlotte Adriaen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

25.01.2023

IT kurslarda o‘qing va sertifikatga ega bo‘ling

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xalqaro IT-sertifikat olish uchun sarflagan xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini kompensatsiya asosida qaytarib olishlari mumkin.

24.01.2023

O‘zbekiston va Singapur oʻrtasida startaplarni qo‘llab-quvvatlash yoʻnalishidagi hamkorlik muhokama qilindi

IT Park direktori Farhod Ibragimov boshchiligidagi IT Park vakillari Singapur hukumati Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi “Enterprise SG” davlat tashkiloti ofisiga tashrif buyurdi. Ushbu tashkilot 2018-yildan buyon kichik va o‘rta korxonalar rivojini qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlar yaratish va innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun mas’uldir.

23.01.2023