eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

AKT Vaziri yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganlarni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimi, Toshkent axborot texnologiyalari kafedrasi professori Saida Beknazarova ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. 
Prezidentimiz qaroriga binoan esa Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali 1-bosqich magistranti   Xomidova Nasiba Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

07.03.2020

Yuksak mukofotlar bilan taqdirlandi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 6-mart kuni qabul qilingan “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, sogʻlom va barkamol avlod tarbiyasi, oila va jamiyat asoslarini mustahkamlash yoʻlidagi munosib xizmatlari uchun bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi. 4-martdagi Prezident qaroriga binoan esa yigirma sakkiz nafar faol qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

07.03.2020

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklaymiz!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi sizlarni go‘zallik va nafosat ayyomi — 8 mart bayrami bilan samimiy mubarakbod etadi! 

06.03.2020

Barcha go‘zal ayollarimizga samimiy tabrik!

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligida bayram tadbiri tashkil etildi.

06.03.2020

IT-PARK — YoShLARGA QARATILGAN YIRIK LOYIHA

 2020-2024 yillarda 14 ta hududda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining filialini tashkil etib, rezidentlar sonini 3 barobarga oshirish va xodimlar sonini 40 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.

06.03.2020

“Veon” kompaniyalar guruhi bilan xamkorlik

Bugun 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Vazir Sh.Sadiqovning “Veon” kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

05.03.2020