eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi
    19.04.2019

    19-aprel kuni Koreya Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi  va Inha universiteti gospitali oʻrtasida raqamli sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

    Teletibbiyot boʻyicha “Digital Health Care” loyihasining maqsadi Koreya Respublikasi tajribasi asosida Oʻzbekiston Respublikasida raqamli sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirishdir. Jumladan, aloqaning telekommunikatsiya kanallari orqali tibbyot maʼlumotlarini uzatish yoʻli bilan teletibbiyot konsultatsiyalarini amalga oshirishdir. Konsultatsiyalar “alohida vaqt” hamda real vaqt rejimida oʻtkazilishi mumkin.
     
    Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida Oʻzbekistonda tibbiyot xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha biznes jarayonlarni optimallashtirish (qulaylashtirish)ga erishiladi. Turli kasalliklar boʻyicha diagnozlar qoʻyish jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish va Koreya Respublikasi tajribasi asosida masofaviy konsultatsiyalar taqdim etish nazarda tutilgan.

    Manba: Axborot xizmati