Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyati Jalaquduq tumanida UZMOBILE yangi baza stansiyasi oʻrnatildi
    21.02.2019

    «Oʻzbektelekom» AK «OʻzMobayl» filiali mamlakatimiz mintaqalarida oʻz tarmoqlarini faol kengaytirmoqda va yangi baza stansiyalarini oʻrnatmoqda. Masalan, yaqinda Andijon viloyatining sharqida joylashgan Jalaquduq tumanida yangi baza stansiya antenna-machta inshootlari, zamonaviy asbob-uskunalarini oʻrnatish boʻyicha ishlar yakuniga yetkazildi.

    Mazkur baza stansiyasining ishga tushirilishi bilan hududda aloqa sifati va qoplash zonasi yaxshilanadi hamda barcha standartlarga muvofiqlashtiriladi.

    2019-yilning faqatgina fevral oyida Toshkent shahri, shuningdek, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Andijon, Fargʻona, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 74 ta yangi baza stansiyalari oʻrnatildi.

    Kompaniya tomonidan 2019-yilda 4043 ta mobil aloqa baza stansiyalarini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu ishlar butun mamlakatimiz abonentlari manfaatini koʻzlab amalga oshirilmoqda. Kompaniya mutaxassislari Oʻzbekistonda oʻrnatilgan barcha meʼyor va qoidalarga rioya qilgan holda baza stansiyalarini loyihalashtirish, montaj va sozlash ishlarini olib bormoqdalar.

    Manba: Axborot xizmati