Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Futyan tumanidagi “Aqlli shahar” markazining faoliyati va tajribasi o‘rganildi
    20.04.2023

    Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davomida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi vakillari Futyan tumanidagi “Aqlli shahar” markazining faoliyati va tajribasini bilan yaqindan tanishdi. 

    Tashrif chog‘ida “Aqlli shahar” markazini qurish doirasida qilingan ishlar bilan tanishildi. Xususan, yuqori quvvatli bulutli serverlardan foydalangan holda, apparat ta’minoti va ma’lumotlar hajmini optimizatsiya qilish imkoniyatlari o‘rganildi. 

    Ma’lumot uchun: “Aqlli shahar” loyihasi amalga oshirila boshlangach mazkur tumanda o‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish soni 53,2 foiz qisqargan. “Aqlli shahar” yagona platformasida mujassamlashgan bo‘lib, u sun’iy intellektga asoslangan. Hozirgi kunda, sun’iy intellekt hamda mashinali o‘qitishning aniqlik darajasi 91 foizga yetgan.

     

    Manba: Axborot xizmati