Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda yangi barpo etilgan zamonaviy sport majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
    08.04.2023

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi, o‘zida 8 dan ortiq sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini mujassam etgan, barcha zamon talablariga javob beradigan zamonaviy sport majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu marosimda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, shuningdek, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi vakillari, soha tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda sport ustalari ishtirok etishdi.

    Universitetda ta’lim bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ham har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida ishga tushirilgan mazkur sport inshooti ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda barpo etilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida sportning mini futbol (basketbol yoki voleybol), yugurish, fitnes va kurash kabi turlari bilan mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyatiga ega.

    Shuningdek, sport majmuasida o‘rnatilgan zamonaviy tasvirga olish vositalari orqali o‘tkaziladigan musobaqalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri youtube platformasida onlayn translyatsiya qilish imkoniyati ham mavjud. 

    Ko‘tarinki ruhda o‘tgan marosim doirasida har yili Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimiga kiruvchi soha muassasalari xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladigan sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqaga ham start berildi.

    Tadbir so‘ngida soha tashkilotlari terma jamoalari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati