Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “IT mutaxassis kadrlarni tayyorlash, IT-Park tomonidan amalga oshirilgan ishlar va Prezident sovrini uchun «Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap» (President Tech Award) tanlovini o‘tkazish tartibi” to‘g‘risida matbuot anjumani o‘rkazildi
    23.02.2023

    Bugun, 23-fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “IT mutaxassis kadrlarni tayyorlash, IT-Park tomonidan amalga oshirilgan ishlar va Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini o‘tkazish tartibi”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, vazir maslahatchisi Kamola  Sobirova, IT Park direktori Farhod Ibragimov, shuningdek, vazirlik rahbar-xodimlari ishtirok etdi. 

    Axborot-kommunikatsiya xizmatlari (aloqa va axborotlashtirish hamda kompyuter xizmatlari) hajmi 2021-yilga kelib 17.8 trln so‘mga yetdi. 2022-yilda esa bu miqdor keskin oshib, 22.9 trln so‘mga yetdi. Raqamli iqtisodiyot sohasining YAIMdagi ulushi 2019-yilda 1.80 foiz, 2020-yilda 1.99 foiz, 2021-yilda 2.60 foiz, 2022-yilda 2.77 foizni tashkil qildi. 

    Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 2016 yilda 199 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020-yilda 404.7 ming so‘mni, 2021-yilda 508.5 ming so‘mni, 2022-yilda esa 642.9 ming so‘mni tashkil etdi. 

    2022-yilda jami 396.1 mln AQSH dollari miqdorida investitsiyalar qilingan. 

    O‘zbekistonda raqamli ta’lim ekotizimini yo‘lga qo‘yish, aholi va yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish hamda ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Bugungi kunda tizimdagi IT oliy ta’lim muassasalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va uning 6 ta filiali, Toshkent shahridagi Inxa va Amiti universitetlari tomonidan 35 dan ortiq mutaxassisliklar bo‘yicha 29 ming nafardan ortiq oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanmoqda. 

    2022 yilda raqamli ta’limni rivojlantirish borasida AKT sohasida oliy ma’lumotli kadrlarni to‘liq masofaviy tarzda xalqaro standartlar asosida tayyorlaydigan “EPAM Systems” xalqaro IT-kompaniya bilan hamkorlikda “IT-Park University” raqamli universiteti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

    Aholini raqamli ko‘nikmalarini oshirish maqsadida respublika bo‘yicha 205 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida 400 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, ularda 128 ming nafardan ortiq tinglovchilar, shu jumladan, jami 33 ming nafari davlat xodimlari malakasini oshirdi.

    IT sohasida xususiy sektor vakillariga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar natijasida IT-Park rezidenti bo‘lgan xususiy ta’lim markazlari soni 2022 yilda 191 nafarga yetdi 

    (2021-yilga nisbatan 67 taga, 2020-yilga nisbatan 180 taga ko‘paygan).

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-maydagi 310-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni IT sohasida salohiyatini oshirish, shuningdek, IT bilimlarga qiziqtirish maqsadida xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini qoplash tizimi joriy etildi.

    O‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 2022-yilda jami 800 tadan ziyod yoshlar xalqaro IT-sertifikatni olish uchun arizalar topshirgan bo‘lsa, hisobot davrida 500 nafar yoshlarning mazkur sertifikatlar bo‘yicha 50 foizgacha bo‘lgan xarajatlari qoplab berildi.

    2019-2022-yillarda “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olganlar soni 2,5 mln nafardan oshgan. Shu jumladan, 1,7 mln nafardan ortig‘i loyiha doirasida raqamlashtirish bo‘yicha boshlang‘ich bilimga ega bo‘lib, sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.

     IT sohadagi o‘quv kurslarda tahsil olayotgan yoki ushbu o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 15 ming nafardan ortiq yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratildi.

    2023-yilda quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

    – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida masofaviy ta’lim sifatini oshirish, “Bir million dasturchi” loyihasini mantiqiy keyingi bosqichini amalga oshirish maqsadida uzbekcoders platformasi orqali “Coursera” onlayn kurslarida yoshlar uchun ta’lim olish imkoniyati yaratiladi;

    – “Bir million dasturchi” doirasida va IT-Parkning ta’lim rezidentlarida IT sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 mln so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit ularning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib berishi tartibi yo‘lga qo‘yiladi;

    – o‘z bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, o‘quv markazlariga har bir mutaxassis uchun 25 mln so‘mgacha, nogironligi bo‘lgan yoshlarga esa 35 mln so‘mgacha subsidiya berish mexanizmi ishlab chiqiladi;

    – IT Park rezidentlari soni 2017-yilda 147 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilda 523 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilda ikki baravarga ortib, 1122 taga oshdi. Xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni 2017-yilda 4 tagina bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilda 23 ta bo‘lgan, 2022-yilda yetti baravarga ortib, 165 taga yetdi. 

    AKT sohasida 2021-yilda 90.3 ming nafar aholi bandligi ta’minlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022-yilda 116.9 ming nafarga yetkazildi. AKT sohasidagi korxonalar tomonidan 2017-yilda 135.5 mln AQSH dollari miqdorida eksport qilingan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 206.4 mln AQSH dollariga yetdi, 2022-yilda esa 323 mln AQSH dollari miqdorida eksport qilindi. 2023 yilda ushbu ko‘rsatkichni 375.1 mln AQSH dollariga yetkazish rejalashtirilgan. 

    2021-2022-yillarda IT Park rezidentlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar va eksportlar hajmi keskin oshdi.

    2021-yilda IT Park rezidentlari tomonidan jami 46 mln AQSH dollari miqdorida xizmatlar eksport amalga oshirilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 140 mln AQSH dollarini tashkil qildi. 

    2021-2022-yillarda IT Park rezidentlari tomonidan ish bilan ta’minlanganlar va o‘zini o‘zi band qilganlar soni ham ko‘paygan.

    2023-yilning 1-yanvar holatiga respublika miqyosida jami 28 562 nafar aholi ish bilan ta’minlangan bo‘lib, shundan 18 712 nafar o‘zini o‘zi band qilganlar hisoblanadi. Bu borada Toshkent shahri (15 597) birinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, Navoiy (785) va Jizzax (538) keyingi o‘rinlarni band qilgan.

    2023-yil 15-ferval bilan Vazirlar Mahkamasining 66-son qarori bilan Prezident sovrini (President Tech Award) “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” tanlovi o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

    Nizomga ko‘ra, tanlov 2023-yil maydan har yili quyidagi 5 ta yo‘nalish jumladan, sun’iy intellekt texnologiyalari, ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar, axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari,tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar, kompyuter va mobil o‘yin dasturlari, hamda 1 ta maxsus yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.

    Tanlovning asosiy yo‘nalishlarida 30 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari bir jamoa tarkibida (3–8 kishi) qatnashadi.  

    Maxsus yo‘nalishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti bo‘lgan tashkilotlarda ishlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham (3–5 kishi) ishtirok etishi mumkin. 

    Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda aniqlanadi: 

    – asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha – jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali;

    – maxsus yo‘nalish bo‘yicha – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan.

    Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

    5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha:

     1-o‘rin uchun – 100 ming AQSH dollari;

     2-o‘rin uchun – 50 ming AQSH dollari;

     3-o‘rin uchun – 30 ming AQSH dollari;

    Maxsus yo‘nalish bo‘yicha (bitta) – 100 ming AQSH dollari.

    Matbuot anjumani davomida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan javoblar taqdim etildi.

    Manba: Axborot xizmati