Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyatida qurilayotgan filialdagi imkoniyatlardan toʻlaqonli foydalanish uchun IT Park rezidentlari bilan hamkorlikni kuchaytirish vazifalari belgilandi
    20.02.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Buxoro shahridagi “BUKHARA CITY” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi hududida qurilayotgan IT Park Bukhara filiali uchun ko‘p qavatli zamonaviy binolar qurilish jarayoni bilan tanishdi. 

    Mazkur filial 9-qavvatdan iborat bo‘ladi. Uning tashkil etilishi Buxoro viloyatida AKT sohasida xizmatlar ulushini ko‘tarish va viloyatning eksport salohiyatini oshirish, yoshlarga yuqori daromadli yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

    Tanishuv jarayonida vazir Sh. Shermatov filialda ishlarni tizimli amalga oshirish, viloyatda IT eksport hajmini yo‘lga qo‘yish, yoshlarga munosib ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, BPO va KPO xizmatlar yo‘nalishda markazlar faoliyatini ham tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    O‘z navbatida, qurilayotgan obyektlarda ishlarni jadallashtirish va ularning sifatli qurilishini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklandi.

    Manba: Axborot xizmati