Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan Jahon hukumatlari sammiti (World Government Summit) doirasida “Dubai Internet City” texnologik markazi va TЕCOM Group mas’ul vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda joriy yilda Dubay Amirligida (Dubai Internet City yoki Dubai Outsource Cityda) IT-Parkning rasmiy vakolatxonasini ochish hamda IT-Park rezidentlarining yuqorida nazarda tutilgan sohalar bo‘yicha faoliyatini kengaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, “Dubai internet City” misolida IT-Parkni xususiylashtirish takliflari bildirildi.
Manba: Axborot xizmati