Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • BAA Hukumat ishlari vazirligi bilan o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishildi
    16.02.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan Jahon hukumatlari sammiti (World Government Summit) doirasida BAA Hukumat ishlari vazirligi boshqaruvchi direktori Abdulla Luta bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda tomonlar M-Gov Award va OMUC (bir million O‘zbekistonlik dasturchilari) loyihalari doirasida erishilgan muvaffaqiyatlarni alohida qayd etishdi.

    Uning natijasida, IT-tadbirkorlikni rivojlantirish va yosh IT-mutaxassislarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi va 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma dastur 2023-yilning birinchi choragi yakuniga qadar tuzilishi belgilandi.

    Uchrushuv yakunida Abdulla Luta hamkorlikni yanada jadallashtirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishini bildirib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati