Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi rahbari Navoiy viloyatidagi IT sohasiga qiziquvchi xotin-qizlar bilan uchrashdi
    30.01.2023

    O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi rahbari Z. Mahkamova Navoiy viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida hududdagi IT sohasiga qiziqqan faol xotin-qizlar bilan uchrashdi.

    Tashrifning birinchi kunida axborot texnologiyalari va raqamlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan hamda jamiyatning turli sohalardagi faol bo‘lgan xotin-qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va ular tomonidan “IT sohasini egallagan ayol har sohada faol” shiori ostida ijtimoiy tarmoqlarda chellenj tashkil etildi. Ushbu chellenjda 50 dan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.

    Shuningdek, navoiylik dasturchi va startapchi xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Ushbu taqdimotlarda hamshiralar malakasini oshirish onlayn platfomasi yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.  

    Shu bilan birda ta’lim, tibbiyot, ishlab chiqarish sohasidagi xotin-qizlar, o‘quvchi va talabalar hamda yoshlar yetakchilarining bir guruhi Navoiy viloyati hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

    Z. Mahkamovaning Navoiy viloyatidagi tashrifining ikkinchi kunida Navoiy va Karmana tumanlaridagi IT sohasiga qiziquvchi faol qizlar bilan IT Park Navoiy filialida uchrashuv tashkil etildi. 

    Uchrashuv davomida Z. Mahkamova tashabbusi hamda Navoiy viloyati hokimligining ko‘magida 100 nafar qizlarni zamonaviy IT kasblariga bepul tayyorlash o‘quv kurslariga start berildi. Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad maktablardagi 10-11 sinf o‘quvchi qizlarini umumta’lim fanlarini o‘rganishlari bilan bir qatorda, ularni zamonaviy kasblarga tayyorlashdir.

    Manba: Axborot xizmati