Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'quv markazi ochish uchun subsidiya ajratish boshlandi
    06.01.2023

    Avval xabar berganimizdek, endi qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan nodavlat ta'lim tashkilotlari bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

    Buning uchun talabgor kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10-sanasiga qadar my.gov.uz dagi “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmatidan foydalanadi.

    Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

    – bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;

    – zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga.

    Xizmatdan foydalanishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

    – 2 yilga mo'ljallangan biznes reja;

    – mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to'g'risida tuzilgan xo'jalik shartnomalari;

    – pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;

    – pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;

    – ta'lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o'quv xonalarining ijara shartnomasi (ko'chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun).

    Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

     

    Manba: Axborot xizmati