Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Beeline Sardoba suv omboridagi ofatdan jabrlangan hududlardagi kompaniya abonentlariga bepul daqiqa va megabaytlarni taqdim etdi
    14.05.2020

    Hammamizga ma‘lumki, joriy yil 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasidan suv chiqishi oqibatida zarar ko‘rgan hudud aholisiga har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda.

    Sardoba suv omboridagi ofatning oqibatlarini yumshatish va jabrlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarinin rivojlantirish vazirligi va tizimdagi korxona va tashkilotlar ham ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda.

    Jumladan, “Beeline” kompaniyasi ham Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlaridagi, “Beeline” kompaniyasi  abonentlariga doimiy aloqada bo'lib turishlari, hamda barcha kerakli ma'lumotlardan xabardor bo'lishlari uchun 30 kunga barcha yo'nalishlar bo'yicha 500 daqiqa va 500 megabayt Internet-trafik taqdim etildi.

    Manba: Axborot xizmati