Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyati abonentlari uchun bepul to‘plamlar
    12.05.2020

    Sirdaryo viloyatidagi suv omborining buzilishi va sodir bo‘lgan suv toshqini bilan bog‘liq noxush hodisa sabab, aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbektelekom” AK joriy yilning 9 mayidan 16 mayiga qadar abonentlar uchun bepul muloqot uchun Oʻzbekiston boʻylab 1 000 daqiqa va 1 000 MB Internet trafikka ega bo‘lgan xizmatlar to‘plamini joriy etdi.

    Maxsus xizmat to‘plamlari “Faol” holatdagi jismoniy shaxslarga, GSM/CDMA standart tarmog‘i abonentlariga taqdim etiladi.

    Maxsus toʻplamlar faqatgina Sirdaryo viloyati hududida amal qiladi, hududdan tashqarida toʻplamning trafiklari sarf etilishi toʻxtatiladi va tarif reja yoki pullik toʻplamning shartlariga koʻra narxlanadi. Shuni e’tiborga olish joizki, Sirdaryo viloyatining chegaradosh tumanlarida, qoʻshni viloyatlar hududlarining xizmat koʻrsatadigan baza stansiyalarining amal qilish hududida boʻlgan holatlarda, xizmatlar tarif reja yoki pullik toʻplamning shartlariga koʻra narxlanadi.

    Batafsil ma’lumot bilan mazkur havola orqali tanishib chiqish mumkin 

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati