Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • So‘ngi ikki yilda mobil aloqa va Internet xizmatlari sifatini oshirishda izchil ishlar olib borildi
    23.04.2020

    Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

    Shundan kelib chiqib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 23 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

    Fuqarolar tomonidan quyidagi savol tushib keldi:

     

    Internet tezligi nega past ko‘rsatgichda ayniqsa mobil aloqa internet xizmatlari talabga javob bermayapdi! Narhlari ham qimmat! Bu bo‘yicha nima ishlar qilinmoqda?

    Aytish mumkinki, so‘ngi ikki yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga nazar soladigan bo‘lsak, mamlakatimizda zamonaviy elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorligining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borildi.

    Endi shu masalalarga bir nazar solsak, hozirgi kunda mamlakatimizda jami 5 ta mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda 30 dan ortiq simli tarmoqlar orqali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi operator va provayderlar faoliyat olib bormoqda. Barcha operator va provayderlar o‘z xizmatlarini boshqa operator va provayderlar bilan hamjihatlikda, turli texnologik yechimlar asosida ko‘rsatib kelmoqda.

    Mobil aloqa tarmoqlari abonentlari soni 24 mln.ni tashkil etsa, shundan 19 mln. abonent internet foydalanuvchilari hisoblanadi. Simli tarmoqlar orqali internet xizmatlaridan foydalanuvchilari soni 3 mln.tani tashkil etmoqda.

    2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirildi E’tiborli jihati shundaki, bozor iqtisodiyoti talablariga ko‘ra, tizimli ravishda internet xizmatlari narxlari kamaytirilib borilmoqda.

    Internet provayderlariga respublikaning turli hududlaridan tarmoqqa ulanish yagona tartibda va bir hil narhlarda tashkil etildi.

    Respublika bo‘yicha 237 ta ob’ektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilindi.

    Shuningdek, “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 16,0 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km. ga yetkazildi.

    Internet tarmog‘iga keng polosali simli ulanishni kengaytirish loyihasi doirasida operator va provayderlar tomonidan 1 mln. port montaj qilindi va keng polosali tarmoqqa ulanish portlarining umumiy soni 2 mln.dan ortdi.

    Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 6 000 dan ortiq mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 foizga va mobil internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi.

    2019 yil davomida telekommunikatsiya tarmoqlari qamrovi umuman mavjud bo‘lmagan aholi yashash maskanlari soni deyarli ikki barobarga kamaytirildi.

    Aytish joizki, shu kunga qadar asosan telefon xizmatlarini ko‘rsatuvchi 2G mobil tarmoqlarni kengaytirish amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda tarmoqning qamrovini oshirish bo‘yicha barcha loyihalar 3G/4G tarmoqlarini kengaytirishga yo‘naltirilmoqda. Xususan shu yilning o‘zida 2200 dan ortiq 3G/4G baza stansiyalari o‘rnatilib ishga tushiriladi.

    Shu yerda bir ma’lumot aytib o‘tish mumkinki, internet tezligi bo‘yicha 2020 yil mart oyi natijalariga ko‘ra Speedtest Global Index reytingida O‘zbekiston yana 7 pog‘onaga ko‘tarilib, internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston hozirgi kunda 95-pog‘onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir oyda 7 pog‘onaga, bir yil ichida esa 36 pog‘onaga ko‘tarilishi kuzatildi.

     

    Manba: Axborot xizmati