Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Pochta aloqasi orqali pul o‘tkazmalari tariflari 50% gacha arzonlashtirildi
    30.03.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Xususan, respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    "O‘zbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyati yurtimiz aholisi uchun qulayliklar yaratish maqsadida, 2020 yil 30 aprelgacha maxsus aksiyani e’lon qildi!

    Endi "O‘zbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyatning respublikamizning barcha hududlaridagi avtomatlashtirilgan pochta aloqasi ob’ektlari orqali yaqin insonlaringizga tez va oson tarzda elektron pul o‘tkazmalarini yuborishingiz mumkin. Pul o‘tkazmalari tariflari 50% gacha arzonlashtirildi!

    Manba: Axborot xizmati