Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park Startapchilar uchun «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etdi.
    25.02.2020

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) O‘zbekiston venchur investitsiyalash uyushmasi bilan hamkorlikda startapchilar uchun «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etadi.
    IT Park ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘pgina startapchilar o‘z g‘oyalarini to‘g‘ri taqdim etolmaydi yoki mutaxassislarga yordam yoki maslahat so‘rab murojaat qilishdan qo‘rqadi. Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Kimdir ustidan kulishlari, pisand qilmasliklari yoki o‘zini tinglamasliklaridan qo‘rqadi. Bu hammaga xos bo‘lgan odatiy insoniy xususiyat, ammo u yirik novatorlik loyihalarini amalga oshirish yo‘lida katta g‘ov bo‘lishi mumkin. Bu muammoni hal etish uchun har xaftaning seshanba kuni soat 16:00 da IT Park ofisida «ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi. Istagan kishi ko‘rsatilgan vaqtda bu yerga o‘z startapini taqdim qilish uchun kelishi va o‘z g‘oyasini takomillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha qimmatli maslahatlar olishi mumkin.
    Hozirgi vaqtda barcha taqdimotlar joyning o‘zida navbatga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
    Mahalliy startap-ekotizimning uzviy tarkibiy qismiga aylangan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) mamlakatdagi startap-harakatni yanada rivojlantirish uchun maqbul sharoitlarni yaratmoqda. Uning rezidentlariga qator imtiyoz va preferensiyalar berildi. Ular uchun maxsus zamonaviy infratuzilma yaratildi. Butun park to‘rt binodan iborat bo‘ladi. Ularda kovorking-markaz, IT-akademiya, laboratoriya va mehmonxona joylashadi. Shuningdek, mamlakatning barcha hududlarida IT Park filiallari tashkil qilinadi.

     

    Manba: Axborot xizmati