Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
    26.01.2020

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishi muhim tarixiy ahamiyat kasb etib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatgandi

    Bugun, 26 – yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari  B.Olmatov  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutasaddilari, soha vakillari, universitet rahbariyati hamda talabalar ishtirok etdi.

    Ochiq muloqotni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 27 dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabga tashrifi chog‘ida ta’kidlab o‘tgan yuqori bilimli dasturchi – mutaxassislar tayyorlash hamda joriy yilning 24 - yanvaridagi  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning parlamentga 2019 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2020 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda yosh AKT mutaxassislarining salohiyatini yanada oshirishdir.

    Talabalar bilan suhbat davomida yoshlar mamlakatimizning ertangi kelajagi ekanligi, sohada yaratilayotgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi, taraqqiyotga erishish uchun zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarni egallashimiz zarur va shart ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.  

    Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Bir million dasturchi” loyihasida munosib ishtirok etib, mamlakat taraqqiyotiga yoshlarning ulkan hissa qo‘shishi zarurligini alohida ta’kidladi.

    Uchrashuvlar davomida Talabalar turar joylaridagi mavjud shart – sharoitlar, yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

    Xususan, TTJlarda imkoniyati cheklangan talabalar uchun yaratilgan maxsus sharoitlar, oshxonalar, yuvinish xonalari, talabalarning darsdan tashqari vaqtlarida shug‘ullanishlari uchun yaratilan o‘quv auditoriyalari ko‘zdan kechirildi.

    Tadbir yakunida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar yuzasidan  tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati