Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentdagi Inha universitetida dasturchilar uchun yirik GDG DevFest konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
    26.11.2019

    DevFest — bu Google kompaniyasi ko‘magida tashkil etiladigan va butun dunyo bo‘ylab GDG (Google Developers Group) hamjamiyatlari tomonidan o‘tkaziladi. Uning asosiy maqsadi yetakchi dasturchilar o‘rtasida tajriba almashish va Google tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalar bilan tanishishdir.

    Tadbir tashkilotchilarining “Daryo”ga xabar berishicha, bu yilgi DevFest konferensiyalari dunyoning 143 ta shahrida o‘tkazilishi hamda unda 125 000 dan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham ushbu tadbir 2-bor Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi va u ko‘plab dasturchilar, loyiha menejerlari, tahlilchilari va boshqa IT mutaxassislarini birlashtiradi.

    Tadbirda Web, Mobile va Cloud sohasi bo‘yicha ko‘plab xalqaro va mahalliy ma’ruzachilar taqdimotlari bo‘lib o‘tadi. Bu yil konferensiyada Google texnologiyalari ishtirokidagi ishlanmalar bo‘yicha texnik ekspertlardan tashqari, loyihalarni rivojlantirish va ishlab chiqish sohasidagi mutaxassislar ham so‘zga chiqadi — ularning barchasi o‘z tajribalari va innovatsiyalari bilan bo‘lishadi.

    GDG DevFest Tashkent—2019 ga tashrif — yangi texnologiyalar haqida yanada chuqurroq o‘rganish, trenddagi texnologiyalar bo‘yicha o‘z mahoratingizni oshirish, hamkasblar bilan yangi mahsulotlarni muhokama qilish va yirik IT-hamjamiyati a’zosi bo‘lish imkoniyatidir. Siz norasmiy muhitda turli sohalardagi so‘nggi texnologik tendensiyalar haqida o‘z sohasi mutaxassislari bilan suhbatlashishingiz hamda qiziqtirgan savollaringizni berishingiz mumkin. Konferensiyada qatnashish bepul.

    Manba: Axborot xizmati