Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti tashkil topganing 5 yilligi va bitiruvchi talabalarga diplom berish marosimi bo‘lib o‘tdi
    26.10.2019

    Bugun 26 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti tashkil topganining 5 yilligi va universitet bitiruvchilariga diplom berish taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etib bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqat o‘tkazdi. 

    Shu bilan birga tadbirda Koreya Respublikasidagi Inha universiteti prezidenti janob Myong Vu Cho boshchiligidagi delegatsiya va ushbu universitetning boshqaruv va ta’lim bo‘linmalari a’zolari ham ishtirok etdi.
    Shuningdek, marosimda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, O‘zbekistondagi texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etdilar.
    —O‘ylaymanki bu Universitet qisqa vaqt davomida, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biriga aylanganini alohida ta’kidlashim kerak.

    Hozirgi davrda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar va o‘zgarishlar sharoitda, har bir mamlakatning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, raqobatbardoshliligi va uning texnologik rivojlanganlik darajasi hamda shu mamalakatda faoliyat olib borayotgan kadrlarning intellektual salohiyati bilan bevosita bog‘liqdir. — dedi AKT vaziri Sh.Sodiqov talabalar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqatda.Universitet faoliyatini “Kompyuter injeniring” va “Dasturiy injeniring” yo‘nalishlari bo‘yicha boshlagan edi.

    2016 - 2017 o‘quv yilidan boshlab “Logistika” yo‘nalishi ham ochildi. Bugungi kunda Toshkent shahridagi Inha universitetida 1548 nafar talaba tahsil olmoqda. 

    Universitetda akademik jarayonni amalga oshirish hamda ilmiy salohiyatni shakllantirishda bir qator mamlakatlar, xususan AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Bolgariya, Hindiston, Pokiston, Rossiya va boshqa davlatlardan kelib faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ham o‘zlarining katta hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. 

    Ma’lumot uchun: 2018 yil Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchilarning 85 foizi o‘z mutaxasisliklari bo‘yicha ishga joylashdi. 15 foizi Germaniya, Shvetsariya, Fransiya, Norvegiya, Vengriya, Angliya, Chexiya, Janubiy Koreya va boshqa Yevropa mamlakatlaridagi universitetlarning magistratura yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirdi. 

    Manba: Axborot xizmati