Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • DIGITAL UZBEKISTAN – Forumi bo‘lib o‘tdi
    25.09.2019

              Bugun, 25 sentabr kuni Toshkent shahrida “ICTWEEK 2019” haftaligi doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” Forumi bo‘lib o‘tdi.

              Forum ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov tabrik so‘zi bilan qutladi.

               Belarus va O'zbekiston o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, yaqin hamkorlikni yanada davom ettirish maqsadida, Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vaziri Konstantin Shulgan hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdi.

              Shu bilan birga , Belarusiya, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Ukraina,  Janubiy Koreya davlatlari vakillari ham ishtirok etdi.  Forumda IT-kompaniyalarning taqdimotlari ham bo‘lib o‘tdi.

             Forum axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy tendensiyalar to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qilish uchun o‘ziga xos maydonchaga aylandi.  

            Forumda qarama-qarshiliklar tahlil qilindi, uning rivojlanish salohiyati va uni amalga oshirish imkoniyatlari baholandi. Tadbirda davlat organlari rahbarlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi korxona va tashkilot rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

          Mazkur forum axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot va jamiyatni raqamli shakllantirish masalalarini hal etishga o'zining munosib hissasini qo'shib, jahon axborot makonida O'zbekistonning pozitsiyasini mustahkamlashga o‘z hissasini qo'shadi.

     

    Manba: Axborot xizmati