Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Afgʻoniston kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuv
    18.07.2019

    17-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Q.Yuldashev Afgʻoniston kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari vaziri oʻrinbosari X.Xedoyati bilan uchrashdi.

    Muloqot chogʻida tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlik ulkan salohiyatga ega ekanini qayd etdilar va oʻzaro manfaatli boʻlgan ustuvor yoʻnalishlarda sheriklikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

    Jumladan, tomonlar ikki mamlakat aloqa operatorlari oʻrtasida telekommunikatsiya xizmatlarining oʻzaro hajmini oshirish masalalarini qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdilar.

    Oʻzbekistondagi soha oliy ta'lim muassasalari bazasida kadrlar tayyorlash va IT-mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

    Uchrashuv yakunlariga koʻra, ekspertlar darajasida muzokaralarni davom ettirish uchun hamkorlikdagi ishchi guruhini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

    Manba: Axborot xizmati