Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Hududlarida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish borasida davra suhbati boʻlib oʻtdi
    29.06.2019
    28-iyun kuni Aloqa tarixi muzeyida qishloq va shahar oʻrtasidagi turmush sharoitidagi tafovutni qisqartirish maqsadida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

    Unda AKT vazirligi mutasaddilari, operator va provayderlar, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari eng chekka hududlarda telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Yigʻilishda Vazirlik hududiy boshqarmalari mutasaddilari videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.

    Aholining turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” davlat dasturlari joylarda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishni talab qilmoqda. Joriy yil 22-mayda imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori aynan telekommunikatsiya tarmoqlarini jadal rivojlantirishga salbiy taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish, elektron davlat xizmatlarining ommabopligini taʼminlash, shuningdek, hududlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun zarur infratuzilmani yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Q.Yuldashev soʻzga chiqib, “Prezident qarorini amalga oshirish orqali oʻz saʼy-harakatlarimizni mamlakatimiz barcha hududlariga teng yoʻnaltira olamiz va sohamiz xizmatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini yanada oshirishga erishishamiz. Umid qilamizki,
    bu boradagi dolzarb muammolarni hal qilishda birgalikda harakat qilamiz”, – deya taʼkidladi.

    Ayni paytda AKT vazirligi manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarni boshlab yuborgan. Jumladan, operatorlar va provayderlar uchun Internet narxlarining pasayishiga erishildi. Yaʼni, narxlar oʻtgan yilga nisbatan

    3 barobar pasaytirildi. Oʻtgan yili 2300 km. atrofida optik tolali aloqa liniyalari tortilgan boʻlsa, oxirgi besh oyning oʻzida bu 6000 km.dan ortiqni tashkil etdi. Soʻnggi olti oy ichida 1245 ta maktab, 734 ta maktabgacha taʼlim va 349 ta sogʻliqni saqlash muassasalari maʼlumotlar uzatish tarmoqlariga ulangan. Yil oxirigacha yana 5000 ijtimoiy obyektni tarmoqqa ulash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, keng polosali ulanishning 1,4 mln.dan ortiq porti ishga tushirildi, shundan joriy yilda 300 mingdan ortigʻi oʻrnatildi va 690 ming abonent ulandi. Mobil aloqa operatorlari tomonidan ikki mingdan ortiq baza stansiyalari qurildi. 

    Manba: Axborot xizmati