Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi kirish imtihoni boʻlib oʻtdi
    29.04.2019

    28 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 2019 yildagi uchta kirish imtihonining birinchisi oʻtkazildi.

    2019-2020 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Inha universiteti kamida 420 nafar talabani qabul qilishni moʻljallagan. Jumladan, universitet “Kompyuter va Dasturiy injiniring” yoʻnalishi boʻyicha 300 hamda “Logistika” yoʻnalishi boʻyicha 120 nafar talabani qabul qilishni qabul qiladi.

    Joriy yilda abituriyentlar uchun Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imtihonlari 3 marotaba boʻlib oʻtadi:

    1)  Faqat shartnoma asosida;

    2)  Shartnoma va grant asosida;

    3)  Faqat shartnoma asosida.

    Kirish imtihonlari yozma shaklda oʻtkazilib, har bir fandan 20 tadan savol beriladi. Javoblar uchun 60 daqiqa vaqt taqdim etiladi. Savollar Savollar oʻrta (umumiy) taʼlim uchun moʻljallangan standart oʻquv dasturi asosida shakllantirilgan. Kirish imtihonlaridagi umumiy bahoda “Kompyuter va Dasturiy injiniring” yoʻnalishi boʻyicha matematikaning ulushi 70%, fizika esa 30% ni tashkil etadi. “Logistika” yoʻnalishi boʻyicha imtihon faqat matematika fanidan boʻlib oʻtadi.

    Ochiq va shaffof imtihonlar jarayonini oʻtkazish va nazorat qilish maqsadida Janubiy Koreyadagi Inha universitetining barcha professor-oʻqituvchilar tarkibi Toshkent shahridagi Inha universitetiga yetib kelgan.

    Toshkent shahridagi Inha universiteti boʻlib oʻtadigan kirish imtihonlarida ishtirok etishlari hamda 2019-2020 oʻquv yili uchun qabul boʻyicha maʼlumot olishlari uchun oʻzbekistonlik jurnalistlarni ham taklif etdi.

    Imtihon olinayotgan har bir auditoriyada toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya yoʻlga qoʻyilgani sababli abituriyentlarning ota-onalari va barcha xohlovchilar imtihon jarayonini onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega boʻldilar.

    Manba: Axborot xizmati