Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Inha universitetiga tashrif buyurdi
    10.04.2019

    Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Olim Omonovlardan iborat AKT vazirligining delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Inha universitetiga tashrif buyurib, universitet prezidenti janob Myeong Woo Cho bilan uchrashishdi.

    Suhbat chog‘ida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, yangi yo‘nalishlar ochish (jumladan, magistratura bo‘yicha) masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov universitet faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, ta’lim sifatini doimiy oshirib borish, o‘qituvchilar va talabalarning individual va professional salohiyatini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish masalalariga to‘xtalib, bu universitetning O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari orasida yuqori mavqega ega bo‘lishini ta’minlashiga ishonch bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati