Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Malakali AT-mutaxassislarini tayyorlash va kompyuter sanoatini rivojlantirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokama qilinmoqda
    15.03.2019

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Malakali AT-mutaxassislarini tayyorlash va kompyuter sanoatini rivojlantirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

    Qaror loyihasida respublikamizning barcha hududlarida raqamli texnologiyalar va IT-tadbirkorlikka oʻqitish markazlarini tashkil etish nazarda tutilgan. Yoshlarni IT sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularni elektron tijorat, dasturlash va robototexnika asoslariga oʻrgatish maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida kompyuter texnologiyalari, robototexnika va kompyuter sporti boʻyicha klublar ochilishi rejalashtirilgan.

    Markazlar va klublarning asosiy maqsadi IT-mutaxassislari va dasturchilari, kompyuter sporti sohasidagi sportchilarni tayyorlash, kompyuter oʻyinlari bilan shugʻullanuvchi yoshlarning zamonaviy sport madaniyatini shakllantirish, startaplar yaratishdan iboratdir.

    Markazlar va klublarni biznes vakillarini jalb qilgan holda, davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich yaratish koʻzda tutilgan. 2019 yilning yakuniga qadar Namangan va Sirdaryo viloyatlarida pilot loyihalarini ishga tushirish belgilangan. 2020 yildan esa ularni butun mamlakat boʻylab ochish moʻljallangan.

    Joy sifatida “Oʻzbektelekom” AK balansida boʻlgan binolardan foydalanish nazarda tutilgan.

    Manba: Axborot xizmati