Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Yandeks” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv
    27.02.2019

    27-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. Umarov kompaniyaning IT sanoati hamda zamonaviy internet servislar va yechimlar ishlanmalari sohasidagi koʻp yillik ish tajribasini alohida eʼtirof etdi.

    “Yandeks” kompaniyasi vakillari kelgusida ham oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston bozorida “Yandeks”ning internet servislarini mahalliylashtirish, servislardan yaxshiroq foydalanish uchun CDN-serverlarni joylashtirish yoʻnalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

    Taʼlim va malaka oshirish sohasidagi hamkorlik, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan IT sohasidagi taʼlim dasturlarini yaratish boʻyicha hamkorlik masalalari alohida koʻrib chiqildi.

    Muzokaralar natijalariga koʻra, 2019-2020 yillarda hamkorlikni jadallashtirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ni yaqin vaqt ichida birgalikda ishlab chiqish kelishib olindi.

    Manba: Axborot xizmati