Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUning professor-oʻqituvchilari “Game Stream” kompaniyasiga tashrif buyurishdi
    20.02.2019

    TATUning professor-oʻqituvchilari Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetida stajirovka jarayonlarini boshlashgan edi. 18-fevral kuni TATUning professor-oʻqituvchilari Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti tashabbusi bilan “Game Stream” kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurishdi.

    Professor-oʻqituvchilar tashrif chog’ida kompaniya mutaxassislarining kompyuter o’yinlarini yaratish boʻyicha erishgan asosiy yutuqlari va natijalari, shuningdek, kompyuter oʻyinlarini yaratish boʻyicha olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar bilan tanishdilar. Kompaniya mutaxassislarining taqdimot chogʻida innovatsion gʻoyalar, kompyuter o’yinlarini rivojlantirish metodlari, IT-loyihalarni monetizatsiya qilish, dasturchilar bilan ishlash, shuningdek, yosh dasturchilarni qo’llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Tashrif davomida «Game Stream» kompaniyasining bosh ofisiga ekskursiya tashkil etildi.
     
    Ma’lumot oʻnida aytish kerakki, kompaniya intellektual tizimlar va dasuriy ta’minot vositalarini ishlab chiqish maqsadida 2005-yilda tashkil etilgan boʻlib, Belarussiyaning savdo-sanoat palatasi tarkibiga kiradi. 2008-yildan esa Belarussiya Respublikasi Oliy Texnologiyalar Parkining rezidenti hisoblanadi. “Game Stream” bir qancha koʻzga koʻringan dunyoga mashhur kompyuter oʻyinlari bilan taniqlidir. Ushbu kompyuter o’yinlariga eng koʻp online oʻyinchilariga ega boʻlib to’rt marta Ginnes rekordlar kitobiga kirgan “WORLD OF TANKS”ni misol qilsak boʻladi. Bundan tashqari “Game Stream” kompaniyasi internet hamda internet reklama, BigData va boshqa sohalarda keng koʻlamli texnologiyalarni joriy etish bilan shugʻullanadi.

    Manba: Axborot xizmati