Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” AK to‘g‘ri mahallaga keladi! Abonentlarni xizmatlarga ulash bo‘yicha ko‘chma aksiyalar davom ettirilmoqda
    11.02.2019

    Poytaxtimizning bir necha tumanlari aholisi uchun oʻz hovlilarida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi koʻchma sotuvlar va xizmatlar ofisi tashkil etildi. Kompaniya filiallari xodimlari abonentlarni xizmatlarga ulash boʻyicha aksiyani musiqa va animatorlar bilan yorqin bayram tadbiri sifatida oʻtkazdilar.

    Erta tongdan aksiya tadbirlari Toshkent shahrining Shayxontohur, Mirobod, Yakkasaroy, Yashnabod tumanlarida o‘tkazildi. Abonentlarni xizmatlarga ulash bo‘yicha bunday ko‘chma aksiyalar O‘zbekistonimizning mintaqalarida ham o‘tkazilmoqda.

    Jumladan, shu kunlarda aksiya Guliston va Farg‘onada o‘tkazildi. Ko‘chma aksiyalar geografiyasi va soni doimiy ravishda kengayib bormoqda. Mazkur tumanlar aholisi kompaniya xizmatlari bilan tanishishlari va shu yerning o‘zida shartnoma tuzishlari uchun o‘z xonadonlaridan hovliga chiqishlarining o‘zi yetarli bo‘ldi.

    Bundan tashqari, «O‘zbektelekom» AK tomonidan yuqori tezlikdagi internetga – optik aloqa liniyalari orqali 95% chegirma bilan ulanishda yangi abonent qurilmasini taqdim etish bo‘yicha aksiya o‘tkazilmoqda.

    Kompaniya yangi uy egalari uchun ko‘chma sotuvlar va ulanish ofislarini tashkil etmoqda. Bu xonadon egalari shundoqqina hovliga chiqib, shartnoma tuzishlari, xizmatlar to‘lovini amalga oshirishlari, aksiya bo‘yicha chegirma bilan abonent qurilmasiga ega bo‘lishlari va shu yerning o‘zida xizmatlarga ulanishlari uchun juda qulay imkoniyat. Hech qayerga borishning xojati yo‘q.

    Manba: Axborot xizmati