Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazir Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashdi
    26.01.2019

    26-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadikov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. 

    Vazir Sh.Sadikov tadbir ishtirokchilari oldida soʻzga chiqdi. U oʻz nutqida 2019-yilda universitet ilmiy salohiyatini oshirishning ahamiyatli masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

    Vazir universitetda taʼlim va ilmning raqobatbardoshliligini oshirish diqqat markazida turgan masala ekanini taʼkidladi. Shundan kelib chiqib, universitet muntazam ravishda xalqaro miqyosda oʻz raqobatbardoshliligini oshirib borishi zarur.

    Uchrashuv doirasida 2018-yilda universitetning falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini hamda fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan professor-oʻqituvchilarga, ularning ilmiy rahbarlariga, ilmiy maslahatchilariga, shuningdek, “Scopus” va “Web of science” roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda va OAK roʻyxatida keltirilgan xorijdagi nufuzli jurnallarda chop etilgan maqola uchun mualliflarga bir martalik mukofot pullari topshirildi. Shuningdek, Islom Karimov nomidagi davlat stipenidiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Elektronika, radiotexnika ilmiy tekshirish jamiyati stipendiyasi sovrindorlariga guvohnoma va sertifikatlar topshirildi, shuningdek, universitetning “Yil talabasi” mukofotlandi.

    2018-yil hisobi boʻyicha Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarida 17 nafar oʻqituvchi-xodimlar falsafa doktori (PhD), 6 nafar oʻqituvchi-xodim esa fan doktori (DSc) ilmiy darajasini oldi.

    Manba: Axborot xizmati