Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Internetdan foydalanishning simsiz va keng polosali tarmogʻi rivojlanmoqda
    18.12.2018

    Toshkent Markaziy Osiyoda Internetdan foydalanishning umumshahar miqyosida simsiz va keng polosali tarmogʻiga ega birinchi shahar boʻladi. Hozirgi paytda, poytaxtimizda 1200 ta Wi-Fidan foydalanish nuqtalari mavjud boʻlib, kelgusi yilning bahoriga qadar ularning sonini 5000 taga qadar yetkazish moʻljallangan.

    2018 yilning yakuni internetdan simsiz foydalanish tarmogʻi yoʻlga qoʻyilishi bilan ahamiyatli boʻldi. Asia Wireless Group kompaniyasi ushbu keng koʻlamli loyihani amalga oshirdi. Yagona Wi-Fi tarmogʻi SOLA brendi ostida tashkil etildi. Endi Toshkent shahri aholisi va mehmonlar provayderning faoliyat olib borayotgan hududida internetdan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanishlari mumkin.

    SOLA tizimida internetdan pulli va bepul tarzda foydalanish nazarda tutilgan. Reklama rolikini koʻrib boʻlgandan soʻng, internetdan bepul foydalanish mumkin. Pulli tariflar trafik boʻyicha cheklovlarsiz ishlaydi va yuqori darajadagi moslashuvchanligi bilan ajralib turadi: abonentga soatlik, kunlik, haftalik yoki oylik obuna taklif qilinadi.

    Manba: Axborot xizmati