Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash va IT-texnologiyalarni rivojlantirishga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
    30.11.2018

    2018-yil 30-noyabr kuni “Oʻzekspomarkaz” MKMda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Oʻzbektelekom” AK tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻi boʻyicha AKT sohasida topshiriqlarni amalga oshirish ketma-ketligi” hisobot anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov kirish soʻzi bilan ochdi.

    Tadbirda jamoatchilik, mamlakatimiz operatorlari va provayderlari, “Oʻzbektelekom” AK hamkorlari hamda Oʻzbekistonning yetakchi OAVlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻining bajarilishi hamda kompaniyaning telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, tashqi kanallarni kengaytirish va yangi cheksiz tarif rejalarini joriy etish boʻyicha loyihalarini amalga oshirish haqida maʼlumot berildi.

    2018-yilning 9-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgandi. Mamlakatimiz Prezidenti masʼul shaxslarga internet tarmogʻiga ulanish narxini pasaytirish, shuningdek, ulanish tezligini oshirish topshirigʻini bergandi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻining bajarilishi maqsadida “Oʻzbektelekom” AK xodimlari tomonidan mavjud infratuzilmalarni tizimli tahlili oʻtkazildi va tarmoqni rivojlantirishda sifatli qayta tashkil etish qarori qabul qilindi, texnik qurilmalarni evolyutsion yangilash rejasi batafsil ishlab chiqildi.

    “Oʻzbektelekom” AK tomonidan “Xalqaro paketli kommutatsiya markazlari va maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Xalqaro paketli kommutatsiya markazi komplekslari modernizatsiya qilindi va shundan keyin XPKM komplekslarining umumiy oʻtkazish qobiliyati 10 marta: oʻzgartirilgan trafigi esa 110 Gbit/c.dan 1200 Gbit/c.ga oshirildi.

    Shuningdek, yil boshida internet xizmatlarining mintaqaviy bozorini rivojlantirish uchun “Oʻzbektelekom” AK operatorlar va provayderlar uchun internet-kanalida tarifning narxini 3 barobar pasaytirdi.

    “Oʻzbektelekom” AK 2018-yil 1-dekabrdan boshlab yangi kafolatlangan cheksiz tarif rejalarini ishga tushiradi. Oʻzbekistonda birinchi marta 2 Mbit/s. tezlikka ega kafolatlangan cheksiz internet narxi oyiga 88 000 soʻmni tashkil etadi, bu oldingi shunday tarif rejadan 2 martadan ortiq arzonroqdir.

    Bundan tashqari, endi tarif rejalarida “gacha” qoʻshimchasi mavjud boʻlmaydi, bu tanlab olingan tarif rejasi boʻyicha tezlikning kafolatlanishini anglatadi. Endi 1Mbit/s =1Mbit/s. ekanligini anglatadi.

    “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalar yili”da UZTELECOM ham kichik va oʻrta biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlaydi. 1-dekabrdan kompaniya abonentlarga: “Teznet Business” va “Tadbirkor” yangi tarif rejalari seriyalarini taqdim etadi.

    Oʻzbekistonda IT-sohasini rivojlantirish davom ettiriladi. Asosiysi, mamlakat hududini tarmoq bilan qamrab olish darajasini oshirish uchun: 2025-yilgacha 220 ming kilometrdan ortiq optik kabel yotqizish belgilangan. Xususan, maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, keng polosoli optik tarmoqlarni rivojlantirish va AK magistral va multiservisli maʼlumotlarni uzatish tarmogʻini kengaytirish maqsadida, “Oʻzbektelekom” AK, Oʻzbekiston Respubliki Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 23-noyabrda “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning tijorat banklari kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 951-sonli qarorni qabul qildi. Qarorga muvofiq, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC) ishtirokida “Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” va “Kommutatsiya markazlarini IMS (IP Multimedia Subsystems) texnologiyasi boʻyicha takomillaptirish” investitsion loyihalari amalga oshiriladi.

    Shuningdek, 2019-yildan boshlab “Oʻzbektelekom” AK ADSL tarmogʻini rivojlantirishni toʻxtatadi va FTTx texnologiyasi boʻyicha tarmoqni rivojlantirish uchun barcha kuchlarini yoʻnaltiradi. Kompaniya rejalarida abonentlarni FTTx texnologiyasi boʻyicha bosqichma-bosqich ulash va har bir foydalanuvchiga yuqori sifatli internet xizmatlarini taqdim etish belgilangan.

    Loyihalarni amalga oshirish Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini qisqa muddatlarda Oʻzbekistonning barcha mintaqalarida misli tarmoqdan keng polosali optik tarmoqlarga ulanishga oʻtkazish imkonini beradi. Magistral va multiservisli maʼlumotlarni uzatish tarmogʻini kengaytirish “Oʻzbektelekom” AK internet tarmogʻiga ulanish narxini pasaytirish boʻyicha ishlarni davom ettirish imkonini beradi.

    Manba: Axborot xizmati