Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va joriy qilishga oid hujjat loyihasi muhokamaga qo'yildi
    17.08.2018

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 fevraldagi 5349-son "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat boshqaruvida tatbiq etishni rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash ko'zda tutilgan hujjat loyihasi O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi yo'nalishlar belgilab olingan:

    — davlat va xo'jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab olish;

    — mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;

    — zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa texnologiya va tarmoqlarini rivojalntirish, zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishni joriy qilishni muvofiqlashtirish;

    — davlat boshqaruvida va iqtisodiyot sohalarida elektron xizmatlarni joriy qilish, elektron tijorat va dasturiy ta'minot bozorini rivojlantirish orqali raqamli iqtisodiyotni yuksaltirish;

    — Internetning milliy segmentini, raqamli media-kontentni tashkiliy, moddiy-texnik va iqtisodiy qo'llab-quvvatlash orqali rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

    — shahar va hududiy infratuzilmani boshqarishda foydalanish, xususan turar-joy va kommunal xizmat ko'rsatish, transport logistikasi, xavfsiz va "aqlli shahar" uchun "aqlli tizim"larni ishlab chiqish;

    — malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish. Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

    — ikki oy muddatda davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati, jumladan axborot tizimlari va kadrlar bilan ta'minlanganlik holatini to'liq inventarizatsiyadan o'tkazish;

    — 2018 yilga qadar mazkur yo'nalishni takomillashtirish bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

    Shu bilan birga, 2030 yilga qadar «Raqamli O'zbekiston» kontseptsiyasini ishlab chiqish yuzasidan ham chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 31 avgustiga qadar davom etadi.

    Manba: Axborot xizmati