Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlikda «Buyuk Kelajak» ekspertlari kengashi bilan uchrashuv tashkil qilindi
    03.08.2018
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Buyuk Kelajak» ekspertlar kengashi hamda «KPMG» kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. 
    Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad O'zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish bo'yicha uzoq muddatli modelini ishlab chiqish uchun zarur ma'lumotlarni muhokama qilish hamda kelishishdan iborat. 
    Tomonlar vazirlik tomonidan ko'rsatilishi zarur amaliy chora-tadbirlar yuzasidan fikr-mulohaza almashib, ekspertlar kengashiga sohani rivojlantirish bo'yicha statistik ma'lumotlar, taklif hamda tavsiyalar taqdim etildi.

    Manba: Axborot xizmati