Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik hamda Saudiya Arabistonining «Ajlan & Bros.» kompaniyasi hamkorlik qiladi
    01.08.2018

    Joriy yilning 31 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Saudiya Arabistonining «Ajlan & Bros.» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda elektron tijorat, onlayn to‘lov, raqamli savdo maydonchalari uchun "aqlli tizim"larni ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    «Ajlan & Bros.» Bosh menejeri Mohamed Alhas kompaniya O‘zbekistonda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat ko‘rayotganini ta’kidlab o‘tdi. 

    «Kompaniya faoliyatini xalqaro bozorga olib chiqib maqsadida ayni kunlarda uzoq muddatli va barqaror aloqalar o‘rnatish uchun ishonchli hamkorlarni izlayapmiz. O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning faoliyat ko‘rsatishi uchun mavjud sharoitlarni hisobga olib, biz bu yerda loyihalarimizni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz», - deydi Mohamed Alhas.

    Tomonlar aloqalarni ishchi tartibda davom ettirishga kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati