Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda «salmoqli ma’lumot va bulutli hisoblash» texnologiyasi muhokama markazida
    19.06.2018

    Bugun poytaxtimizda Xalqaro elektraloqa ittifoqining MDH hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari uchun «Salmoqli ma’lumot va "bulutli hisoblash"» mavzusida hududiy seminari ish boshladi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

    Tadbirda Ozarboyjon, Afg‘oniston, Bangladesh, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya kabi mamlakatlarning yetakchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ekspertlari, milliy statistika xizmatlari mutaxassislari, telekommunikatsiya operatorlari hamda ishlab chiqaruvchilari, ilmiy va loyihaviy institutlar vakillari, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar hamda OAV ishtirok etmoqdalar.

    Ta’kidlash joizki, sayyoramiz bo‘ylab axborot-ma’lumot ishlab chiqarish jarayoni keskin oshgan bugungi kunda "big data" yoki "salmoqli ma’lumot" rivojlanishning navbatdagi omiliga aylandi. Bu trendning yirik yo‘nalish ekanini hisobga olib, ikki kunlik seminarda mavzular 4 ta qismga bo‘lingan holda muhokama qilinmoqda. Jumladan, "Big Data: aniqlash va tatbiq qilishga misollar"; "bulutli hisoblash" va ma’lumotlar tahlili uchun texnologiya, standartlashtirish va ilova; ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsizlikni ta’minlash; tashkiliy va texnik uslublar bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

    "Big Data: aniqlash va tatbiq qilishga misollar"; "bulutli hisoblash" va ma’lumotlar tahlili uchun texnologiya, standartlashtirish va ilova; ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsizlikni ta’minlash; tashkiliy va texnik uslublar bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

    Ishtirokchilarning asosiy e’tibori hukumatning kiber xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek raqamli kontentni boshqarish borasidagi o‘rniga qaratildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston misolida davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish mavzusi bo‘icha ham chiqishlar qilindi. Xususan, elektron hukumatning rivojlanishida Big Data va "bulutli hisoblash" texnologiyalarining o‘rni yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.

    Manba: Axborot xizmati