Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligida Seul shahri meriyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
    19.01.2018

    19 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Seul shahri meriyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

    Koreys delegatsiyasi Toshkent shahri hokimiyatida «Raqamli ofis» fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va qayta ishlash tizimining joriy etilishi bilan tanishish maqsadida shu kunlarda poytaxtimizda bo‘lib turishibdi.

    Uchrashuvda mehmonlarga "Elektron hukumat" tizimini joriy qilish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish holati haqida so‘zlandi. Mehmonlar, shuningdek, davlat organlarining virtual qabulxonalari ishi, ularni yangi IT-yechimlar hisobiga takomillashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot olishdi.

    Uchrashuv chog‘ida Seul shahri, Toshkent shahar hokimligi va AKT vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini joriy etishda Koreya tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

    Bugungi kunda jamiyatning barcha sohalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash, xususan, davlat xizmatlarini rivojlantirishda, jamiyat xavfsizligini ta’minlashda, ochiq ma’lumotlarni ishlab chiqish va ommalashtirishda, katta ma’lumotlarni (bigdata) qayta ishlashda zamonaviy IT-trendlarni hisobga olgan holda o‘zaro munosabatlarni yangi pog‘onaga ko‘tarish asosiy vazifa ekani qayd etildi.

    Janubiy Koreya nafaqat «Elektron hukumat»ni joriy qilish sohasida, balki «Aqlli shahar» yo‘nalishida ham yetakchi hisoblanadi. Mamlakatimizda texnik yechimlarni ishlab chiqishda Koreya tajribasidan foydalanish O‘zbekistondagi loyihalarning yanada sifatli bo‘lishiga, oxir-oqibat, fuqarolarning ijtimoiy xavfsizligi va osoyishtaligini yaxshilashga xizmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati