Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU va KOICA istiqbolli loyihani amalga oshiradi
    14.12.2017
    13 dekabr kuni vazirlikda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda vazirlik rahbariyati hamda agentlikning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Son Song Il boshchiligidagi Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan KOICA mutaxassislari ishtirok etdilar. 
     
    KOICA mutaxassislari universitetda bo'lib, tashkilot tomonidan amalga oshirilishi belgilangan "AKT orqali Toshkent axborot texnologiyalari universitetining innovatsion ta'limiy muhitini rivojlantirish" loyihasini yaqindan o'rganishdi. 
     
    Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, har ikkala tomon axborot texnologiyalari, jumladan masofaviy ta'lim rivojlantirish bo'yicha o'zaro hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari xususida takliflarini bildirdi. Qayd etilganidek, TATU va KOICA o'rtasidagi hamkorlik O'zbekistonda jahon standartlariga mos malakali kadrlar tayyorlash uchun zamin yaratadi.

    Manba: Axborot xizmati