eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ko’chmas mulkni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni Yagona portaldan oling
    04.12.2017
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  (my2.gov.uz) da ko’chmas mulkni rasmiylashtirish bilan bog’liq jarayonlarni osonlashtiradigan yangi xizmatlar ishga tushirildi. Jumladan, portalga uy-joy mulkdorlari uchun quyidagi 2 ta ommabop xizmatlar joriy qilindi:
     
    - Toshkent shahri hududida o’z uy-joyining mavjudligi / mavjud emasligi to’g’risidagi guvohnomani olish;
     
    - Toshkent shahridagi mol-mulkka nisbatan xatlov / taqiq borligi to’g’risida ma’lumot olish.
     
    Hozircha Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Buning uchun kadastr raqamini va manzilni o’z ichiga olgan shaxsiy kabinetda uy-joy to’g’risidagi ma’lumotlarni to’ldirish kerak. Ma'lumotnoma olish uchun so’rov kiritilgach, javob avtomatik tarzda taqdim qilinadi.
     
    O’z uy-joyining mavjudligi yoki mavjud emasligi to’g’risidagi ma’lumotnomani olish uchun murojaatchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi maxsus shaklni to’ldirishlari zarur. Ma’lumotnomani shakllantirish muddati uch ish kunini o’z ichiga oladi. Ushbu ma’lumotnoma imtiyozli uy-joy olish, ipoteka kreditlarini olish hamda boshqa xizmatlardan foydalanganda tegishli organlar tomonidan talab qilinadi. 
     
    Mulk bo’yicha xatlov yoki taqiqlarning mavjudligi to’g’risida ma’lumot Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan taqdim etiladi. Ma’lumotlar uch ish kuni mobaynida bepul taqdim etiladi.

    Manba: Axborot xizmati