Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent viloyatida IT Park yangi filialining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi
    17.03.2023

    Bugun, 17-mart kuni Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida IT Park yangi filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yoshlarga yana o'z bilimlarini rivojlantirishga va IT sohasini o'rganishiga qulaylik yaratish uchun qurilgan IT Park yangi filiali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, IT Park direktorining birinchi oʻrinbosari Abdulahad Kuchkarov va bir guruh nuroniylar ishtirok etdi.

    Mazkur majmuada 600 dan ortiq ish oʻrni yaratiladi. Bugungi kunga kelib binoning barcha qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilgan. 1-qavatda “Raqamli yordamchi markazi” tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, uning asosiy yoʻnalishi qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, taʼlim va turizmni raqamlashtirishga qaratilgan.

    Yangi filialda IT Park rezidentlari uchun 18 ta xona, Raqamli oʻquv markazi (robotexnika, dasturlash, IT uchun ingliz tili va kibersport) uchun 12 ta, filial xodimlari uchun 4 ta, majlislar uchun 4 ta, kutubxona uchun 1 ta xona ajratilgan boʻlib, ular orasida 2 ta interaktiv xona, 2 ta kovorking zonasi va 1 ta yashil hudud ham oʻrin olgan. Barcha ofis va xonalar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

    Yangi filial Toshkent viloyati yoshlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu yerda navqiron yosh avlod kompyuter savodxonligi asoslarini oʻrganishi, amaliyot oʻtashi, qiziqishiga mos ish topishi, hamfikrlar bilan uchrashishi mumkin boʻladi.

    Manba: Axborot xizmati