Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “NEC” korporatsiyasi rahbariyati bilan telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
    01.03.2023

    Barselona (Ispaniya Qirolligi)da bo‘lib o‘tgan “MWC Barcelona-2023” Jahon mobil kongressi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov “NEC” korporatsiyasining Bosh direktor o‘rinbosari Akihiko Kumagai bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv doirasida “O‘zbektelekom” AK va “NEC” o‘rtasida telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha istiqbolli va amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

    Xususan, “NEC” yapon kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash markazi loyihasiga to‘xtab o‘tildi hamda tomonlar loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha fikrlar almashdi.

    NEC kompaniyasi O‘zbekistonda Internet tarmoqlarini barqaror o‘sishini inobatga olgan holda “O‘zbektelekom” AKning yangi tarmoqlari va qo‘shimcha Internet kanallarini tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi. Jumladan, “NEC” tomonidan hozirda mamlakatimizda mavjud bo‘lgan 600 Gbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega magistral telekommunikatsiya transport tarmoqlarini 2025-yildan boshlab 2000 Gbit/s hajmgacha ko‘paytirish taklifi berildi.

    Uchrashuvda tomonlar mazkur istiqbolli loyihani amalga oshirish bo‘yicha ekspertlar darajasida qo‘shimcha muhokama qilishga kelishib olishdi.

    Manba: Axborot xizmati