Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park rezidenti Ali Dizayn akademiyasida grafika dizayn sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha takliflar berildi
    02.02.2023

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona shahrida joylashgan IT Park rezidenti Ali Dizayn akademiyasiga ham tashrif buyurdi.

    Markaz 2022-yilning mart oyida tashkil etilgan o‘quv markazi hisoblanib, asosiy faoliyati grafik dizayn, 3d modellashtirish hamda SMM yo‘nalishlarida ta’lim berish hamda ushbu kasblarda frilanserlar tayyorlashdan iborat.

    Hozirda markazga 70 nafarga yaqin yoshlar kelib, amaliyot o‘tab, tahsil olishmoqda.

    Raqamli texnologiyalar vaziri o‘quv markazining kelajakdagi rejalari bilan tanishib, grafika dizayn sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash rejalariga o‘z fikrlarini bildirib, korxona faoliyatga omad tiladi.

    Manba: Axborot xizmati