Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Hindistonning Acharya universiteti direktori bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
    27.12.2022

    Bugun, 27-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Acharya universiteti direktori Vishesh Chandrashekar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda o‘zaro IT ta’lim sohasida hamkorikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

    2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi muvofiq Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida raqamli texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan alohida zamonaviy talablarga javob beradigan axborot texnologiyalari sohasida ta’limdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yaxlit zanjir yaratishni ko‘zda tutuvchi olgan IT-klaster faoliyatini yo‘lga qo‘yilmoqda.

    Ushbu IT-klaster o‘z ichiga 5 600 o‘ringa mo‘ljallangan Univestitet, 100 o‘ringa mo‘ljallangan inkubatsiya markazi va 50 o‘ringa mo‘ljallangan masofaviy xizmatlar eksport markazi, 1 435 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi va xodimlar uchun mehmonxona, oshxona, ochiq va yopiq turdagi sport komplekslarini o‘z ichiga olish rejalashtirilgan.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi bilan joriy yilning 10 oktabr sanasida Hindiston davlatining “Acharya Institutes” o‘rtasida “Acharya International University of Uzbekistan” universitetini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.

    Shu maqsadda bugungi uchrashuvda ham ushbu yo‘nalishda ishlarni davom ettirish, hamkorlikda yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati