Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park Sabah.lab bilan hamkorlik Memorandumini imzoladi
    07.12.2022

    6-dekabr kuni IT Parkʼda Ozarbayjonning Sabah.lab akseleratsiya markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv maqsadi hamkorlik Memorandumini imzolashdan iborat bo'lib, hujjatga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjonda startap ekotizimini rivojlantirishni, shuningdek, startaplarning ikki respublika bozorlarida kengayishiga yordam berishni rejalashtirmoqda.

    Memorandum imzolanishi munosabati bilan oʻtkazilgan uchrashuvda IT Park tomonidan direktor Farhod Ibragimov, IT Park direktorining innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Jahongir Rajabov, xalqaro aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Amaliya Ergasheva qatnashdilar, “Sabah.lab” tomonidan esa – direktor Raxim Bayramli, Operatsion direktori Adil Gasimov va marketing boʻyicha direktor Rahul D'Mello qatnashdilar.

    Memorandumni imzolash jarayonida tomonlar vakillari rejalashtirilgan hamkorlikning muhimligini ta’kidlab, hamkorlik sohalari va potensial loyihalarni muhokama qildilar.

    Sabah.lab” – bu yosh tadbirkorlar va soha mutaxassislarining noyob oʻquv dasturlari va barqaror ekotizimlari orqali iqtisodiyotning turli sohalarida dastlabki bosqichdagi kompaniyalarni yaratish va rivojlantirishga qaratilgan startap akseleratsiya markazi.

     

    Manba: Axborot xizmati