Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” AK tomonidan Yevropaning Tier-1 darajadagi operatori – “Cogent” kompaniyasi tarmog‘iga ulanish amalga oshirildi hamda mavjud Internet kanallarga alternativ yo‘nalish orqali Internet kanalni tashkil qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi
    24.11.2022

    Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda “O‘zbektelekom” AK tomonidan xalqaro telekommunikatsiya operatorlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

    Jumladan, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davomida xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, O‘zbekiston hududi bo‘ylab yangi xalqaro tranzit kanallarini tashkil qilish yuzasidan memorandum imzolandi.

    Uchrashuvlar davomida o‘zaro manfaatli loyihalar hamda kompaniyalar abonentlariga yanada yuqori sifatli xizmatlarni taqdim qilish masalalari muhokama qilindi.

    Shu bilan birga, “O‘zbektelekom” AK tomonidan Yevropaning Tier-1 darajadagi operatori – “Cogent” kompaniyasi tarmog‘iga ulanish amalga oshirildi hamda mavjud Internet kanallarga alternativ yo‘nalish orqali Internet kanalni tashkil qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 

    Tier-1 operatori – 1-darajadagi tarmoq operatori hisoblanib, Internet resurslari serverlariga bevosita ulangan holatda xizmatlar taqdim etishini hisobga oladigan bo‘lsak, mazkur kelishuvlar mamlakatimizda Internet tarmog‘i foydalanuvchilariga yuqori sifatli xizmatlarni taqdim qilish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, kompaniyaning xalqaro telekommunikatsiya bozoridagi eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati